8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:31 / 30.11.2018 33329

Kreml Trampning Putin bilan uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh tomonining Vladimir Putin va uning amerikalik hamkasbi Donald Tramp o‘rtasidagi uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Qo‘shma Shtatlarning qaroridan afsuslanmoqda.

«Bu shuni anglatadiki, xalqaro va ikki tomonlama kun tartibidagi jiddiy masalalarni muhokama qilish noma'lum muddatga qoldirildi», - dedi Peskov.

Uning ta'kidlashicha, Putin Tramp bilan muloqotga tayyor turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa haqida gapirgandi.

25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.

Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.

Top