Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp New York Post gazetasiga intervyu berib, unda Kerç böğozidagi hodisa haqida gapirdi.
Xususan, AQŞ yetakçisi savol bilan çiqqan - Ukraina tomoni Kerç böğozida ukrainalik harbiylar qölga olinişidan avval Rossiyani hududiy suvlar orqali ötiş niyati haqida ogohlantirganmi.
«Ular özlari ötib ketayotgani haqida ruslarni xabardor etişganmi?», - degan Tramp.
Şuningdek, uning bildirişiça, bunday holatlar uçun muayyan harakatlar tizimini yaratiş kerak. Tramp Germaniya kansleri Angela Merkelni vaziyatga yeçim topişga jalb qiliş taklifini bergan. AQŞ rahbarining qayd etişiça, bu hodisa unga yoqmadi.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uçta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yöl olayotgan bölgan, lekin ularni Kerç böğozidan ötkazişmadi. Ukraina tomonining bildirişiça, avval Rossiya kemalar kelişi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Şu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuçlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerç böğozidan çiqib ketayotganida unga qarata öt oçganini ma'lum qildi. Rossiya çegaraçilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizçi yaralandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Rossiya bilan keng miqyosli uruş xavfi haqida ma'lum qilgandi.












