09:10 / 09.12.2018
20733

Britaniyalik tasodifan 4 ming yillik kosani 5 dollarga sotib oldi

Foto: Twitter/Live Science

Britaniyalik Karl Martin sotib olgan kiyik rasmi bilan bezalgan sopol kosasi 4 ming yillik tarixga egaligidan xabar topmaguncha, uni tish chyotkasi uchun taglik sifatida qo‘llab kelgan.

Karl yoyma bozor bo‘ylab yurganda kosa uning diqqatini tortgan va u kosani tuvak bilan birga 5 dollarga sotib olgan.

Erkak bir necha yil o‘tib auksion uyga ishga joylashgandan keyingina sotib olgan kosasiga o‘xshash qadimiy buyumlarga e'tibor qaratgan. Ekspert tahlili esa kosa 4 ming yil avval hozirgi Afg‘oniston hududida yasalganini o‘rnatgan.

“Bu kosa 4 ming yil avval yasalganini anglatadi. Bu ajoyib. Kosa Janubiy Derbishirdagi yoyma bozorga qanday tushib qolganini hech qachon bilolmasam kerak”, deb aytgan erkak.

Top