8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

21:00 / 13.12.2018 44516

Samsung Galaxy S10’ning modellari narxi ma'lum qilindi 

Samsung Galaxy S10 model qatorining smarchfonlari rasmiy taqdimotiga 2 oyga yaqin vaqt qoldi. Taqdimot 2019 yil 20 fevralda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Insayderlar ushbu smarchfonning uchta modeli qancha turishini ma'lum qilishdi. Narxlar ancha hayratga solishi aniq. Ma'lum qilinishicha, smarchfonning eng arzon modeli eng qimmatidan 2 marcha arzonroq turadi.

Ma'lum qilinishicha, Samsung yangi flagman smarchfonlariga maksimal ko‘proq e'tiborni jalb qilish va barcha raqobatchilardan o‘zib ketish maqsadida ularni MWC 2019 ko‘rgazmasiga 5 kun qolganda rasman taqdim qiladi. Shundan keyin telefonlarga buyurtmalar olinishi boshlanishi kerak. Smarchfonlar ko‘plab davlatlarda 8 march kunidan sotuvga chiqariladi. 

Kompaniyaning uchta yangi modeli Samsung Galaxy S10, Galaxy S10 Lite va Galaxy S10+ chiqadi. So‘ngra ma'lum vaqtdan keyin sotuvga smarchfonning 5 G tarmoqlarga ulana oluvchi modeli chiqariladi.  

Xaridorlar Samsung Galaxy S10 Lite’ning faqatgina 64 Gb tezkor xotiraga ega versiyasini 881 dollarga xarid qilishlari mumkin bo‘ladi. Galaxy S10+’ni esa 128 Gb va 512 Gb xotiraga ega modifikatsiyalarda sotib olish mumkin bo‘ladi va ular mos ravishda 1007 va 1260 dollar turadi. Premial Galaxy S10+’ni 128 Gb, 512 Gb va 1024 Gbli modifikatsiyalarda mos ravishda 1134 dollar, 1386 dollar va 1765 dollarga sotib olish mumkin bo‘ladi.

Yangi smarchfonlar bir-biridan o‘lchamlari, kameralari soni, turli texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlashi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Samsung Galaxy S10 Lite 5,8-dyuymli, Galaxy S10 esa 6,1-dyuymli va Galaxy S10+ 6,4-dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Barcha modellarda Quad HD+ sifatidagi Super AMOLED-displeyi ishlatiladi.

Top