15:25 / 06.01.2019
7272

Pentagon apparati rahbari iste'foga chiqdi

Foto: AP Photo/Hasan Jamali

AQSh mudofaa vazirligi apparati rahbari kontr-admiral Kevin Suini iste'foga chiqdi. Suinining bayonoti vazirlik saytida berildi.

«Pentagondagi ikki yillik faoliyatimdan so‘ng xususiy sektorga qaytish vaqti bo‘ldi degan qarorga keldim», deb yozdi u. 

Qayd etilishicha, Suini ushbu lavozimni 2017 yil yanvarida egallagandi.

Avvalroq mudofaa vazirligi rahbari Jyeyms Mettis iste'fosidan so‘ng vazirlik matbuot kotibi Dana Uayt iste'foga chiqqanini e'lon qilgandi. Hozirda Pentagon rahbari vazifasini Patrik Shanaxan vaqtincha bajarib turibdi. Mettis AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qarashlari to‘g‘ri kelmagani sababli iste'foga chiqayotganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top