14:21 / 17.01.2019
17508

Turar-joy zonalaridagi obektlarni ko‘p qavatli uylarga qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsat berildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan turar-joy zonalarida joylashgan obektlarni qavatlar sonidan qat'i nazar ko‘p kvartirali ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalarga qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsat berildi.

Obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga ko‘ra, avval quyidagi faoliyat turlari uchun turar joylar zonalarida joylashgan obektlarni qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanardi:

Vazirlar Mahkamasining «Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha ishlari va investitsiya loyihalarini takomillashtirish uchun qo‘shimcha choralar haqida» 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qarorining 2-ilovasida (Murakkablik toifasi bo‘yicha obektlar klassifikatsiyasi) keltirilgan III toifalarga mansub faoliyat turlari

to‘y va shunga o‘xshash marosimlar o‘tkazish bilan bog‘liq, 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtincha pavilonlar, yozgi ochiq estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalari, 500 o‘ringacha bo‘lgan yopiq kinoteatrlar.

Quyidagi obektlar bundan mustasno edi:

sog‘liqni saqlash muassasalari obektlari va dorixonalar;

dam olish va turizm muassasalari obektlari;

mehmonxona xo‘jaligi obektlari;

madaniy-ma'rifiy muassasalar obektlari;

jamoatchilik va ma'muriy binolar;

ta'lim muassasalari obektlari;

ilmiy-tadqiqot muassasalari obektlari;

maishiy xizmat korxonalari (yil bo‘yi faoliyat yuritadigan) obektlari, kir yuvish korxonalari, kiyim tikish atelelari, sartaroshxonalar, hammomlar va h.k.;

suv xo‘jaligi qurilishi, melioratsiya va irrigatsiya obektlari;

pochtamtlar, telegraflar, saralash uzellari;

aloqa bo‘limi mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari.

Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, endi quyidagi faoliyat turlari uchun turar-joy zonalarida joylashgan obektlarni qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish taqiqlanadi:

Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha ishlari va investitsiya loyihalarini takomillashtirish uchun qo‘shimcha choralar haqida” 2016 yil 22 yanvardagi 15-son qaroriga 2-ilovada (Murakkablik toifasi bo‘yicha obektlar klassifikatsiyam) keltirilgan III toifaga mansub faoliyat turlari;

to‘y va shunga o‘xshash marosimlar o‘tkaziladigan, 100 tadan ortiq o‘tirish joyi bo‘lgan ochiq turdagi umumiy ovqatlanish korxonalari, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtincha pavilonlar, ochiq turdagi yozgi estrada, kinoteatrlar va raqs maydonchalari.

Quyidagi obektlar bundan mustasno:

sog‘liqni saqlash muassasalari obektlari va dorixonalar;

dam olish va turizm muassasalari obektlari;

yulduzlik darajasidan (toifasidan) qat'i nazar mehmonxona xo‘jaligi obektlari;

madaniy-ma'rifiy muassasalar obektlari;

jamoat binolari va ma'muriy binolar;

ta'lim muassasalari obektlari;

ilmiy-tadqiqot muassasalari obektlari;

maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining yil bo‘yi faoliyat yuritadigan obektlari, kir yuvish korxonalari, kiyim tikish atelelari, sartaroshxonalar, hammomlar va shu kabilar;

suv xo‘jaligi qurilishi, melioratsiya va irrigatsiya obektlari;

pochtamptlar, telegraflar, saralash uzellari;

aloqa bo‘limi mavjud bo‘lgan avtomatlashtirilgan telefon stansiyalari;

qavatlar sonidan qat'i nazar ko‘p kvartirali ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalar (yakka tartibdagi uy-joylardan iborat mahallalar hududida faqat aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilgan holatlarda joylashtiriladi);

ushbu bandning uchinchi xatboshida qayd etilganlardan tashqari umumiy ovqatlanish shoxobchalari, shu jumladan restoranlar;

savdo shoxobchalari, shu jumladan supermarket, yirik ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan do‘konlar. savdo uylari;

yopiq suv havzalari va suv havzali jismoniy-sog‘lomlashtirish majmualari;

issiqlik ta'minoti uchun avtonom qozonxonalar;

ko‘p qavatli yer osti va yer usti garajlar.

Top