Madaniy meros agentligi ma’lumotiga köra, agentlikning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan vaziyat atrofliça örganilgan. Qarşi şahar “Haramjöy” MFY hududida joylaşgan Haramjöy masjidida 2022–2023 yillar davomida restavratsiya işlari olib borilgan bölib, hozirgi kunda ayni jarayon töliq tugallangan. Inşoot topşirişga tayyor holga keltirilgan.
Kulol masjidida 2024 yilda qayta tiklaş işlari amalga oşirilişi rejalaştirilgan va hozirgi kunda tegişli hujjatlar rasmiylaştirilayotgan bölsa, Şarifboy madrasasida esa restavratsiya jarayoni boşlab yuborilgan.
Çaqar masjidi esa XIX asrda bunyod etilgan bölib, hozirgi kungaça yaxşi holatda saqlangan. Inşoot mahalliy aholi tomonidan bir neça bor qayta ta’mirlangan. Şunga qaramasdan, masjidni 2025 yilgi ta’mirlaş va tiklaş işlari rejasiga kiritiş közda tutilgan.












