10:00 / 26.01.2019
127984
Xorijdan pul o‘tkazmalari qaysi viloyat aholisi daromadida ko‘proq aks etmoqda?
Foto: RIA Novosti

2018 yilning yanvar-dekabr oylari bo‘yicha boshqa joriy transfertlar tarkibiga kiruvchi respublika tashqarisidan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining nominal o‘sish sur'ati 64,6%ni tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, uning aholi umumiy daromadlari tarkibidagi ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,0% punktga oshdi.

Qayd etilishicha, ushbu daromadlarning bunday sezilarli o‘zgarishi aholi umumiy daromadlari nominal qiymatini 7,3%ga o‘sishini ta'minlab bergan.

Xorijdan pul o‘tkazmalari Xorazm (23,2%), Samarqand (19,3%) va Andijon (19%) viloyatlari aholisining umumiy daromadlarida ko‘proq aks etgan. Ularning ulushi Navoiy (5,1%), Toshkent (5,4%) va Jizzax (6,2%) viloyatlarida kamroq.

Mavzuga oid
Top