12:30 / 04.02.2019
17622

Rossiya kemalari gallyutsinatsiya chaqiruvchi qurol bilan jihozlandi

Foto: RIA Novosti

Rossiya harbiy kemalarida raqib qo‘shinlarida gallyutsinatsiya chaqiruvchi maxsus majmualar o‘rnatila boshlandi. Bu haqda NSN xabar berdi. 

Vizual-optik xalaqitlar stansiyasi 5P-42 “Filin” “Admiral flota Sovetskogo Soyuza Gorshkov” va “Admiral flota Kasatonov” fregatlarida o‘rnatildi. Qurilma “Shimoliy verf” kemasozlik zavodida qurilayotgan yana ikkita kemada o‘rnatiladi.  

Majmua dushmanning ko‘zini qamashtirish va unda gallyutsinatsiyalar chaqirishga qaratilgan. Bunday effekt ko‘rish asablariga ta'sir qiluvchi yorqinlikning past chastotali tebranishlari orqali ta'minlanadi. 

Ayni vaqtda “Admiral flota Sovetskogo Soyuza Gorshkov” fregati sinovlarning yakunlovchi bosqichidan o‘tmoqda. Kema konstruksiyasida kompozit materiallar hamda uni radiolokatorlarga kam seziladigan qiluvchi konstruktorlik yechimlari qo‘llangan.  

Mavzuga oid
Top