AQŞ Rossiyaning Ukraina bilan çegarada qöşinlarini kuçaytirayotganiga javoban Qora dengizga harbiy kemalarini jönatiş imkoniyatini örganmoqda. Bu haqda AQŞ mudofaa sohasidagi manbaga tayanib CNN telekanali xabar berdi.
Manbaning ta'kidlaşiça, bu harakatlar Moskvaga AQŞ vaziyat ortidan kuzatayotganini bildirib qöyardi. AQŞ hozirça Rossiya kuçlarining çegarada töplanayotganini hujumkor harakatlarga tayyorgarlik deb baholamayapti, biroq “agar biror özgariş bölsa, bunga tayyor böladi”. Vaşington bu vaziyatda Rossiya maşğulotlar ötkazayotgani va razvedka qöşinlarga keyingi harakatlarga buyruq bölganini qayd qilmaganidan kelib çiqmoqda.
AQŞ Qora dengizga Turkiyadagi Bosfor yoki Dardanell böğozlari orqali ötadi. Montryo konvensiyasiga köra, AQŞ bu haqida Turkiyani 14 kun oldin ogohlantirişi kerak böladi. Biroq hozirça AQŞ Turkiyaga bunday ogohlantirişni yuborgani noma'lum.
Pentagon vakilining ta'kidlaşiça, AQŞ harbiy aviatsiyasi Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida razvedka olib bormoqda va Rossiya harbiy floti hamda Qrimda qöşinlarning harakatlanişi ortidan kuzatmoqda.
8 aprelda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki Rossiya qöşinlarining Ukraina bilan çegarada kuçaytirilayotganidan xavotir bildirgandi. Uning aytişiça, hozirda Rossiyaning Ukraina bilan çegarasida 2014 yildan beri eng köp sondagi qöşin töplangan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov qöşinlarning çegaraga köçirilişini Moskvaning Ukrainadagi notinç vaziyatga munosabati ekanini aytgan.
Rossiya Federatsiya kengaşi vitse-spikeri Konstantin Kosaçev Vaşingtonning uşbu rejalariga izoh berib, Ukrainaning AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanişi Kiyevning Donbassda harbiy kuç qöllaşga undaşini anglatişini aytgan.
Uning eslatib ötişiça, Montryo konvensiyasiga köra Qora dengiz böyida joylaşmagan davlatlarning harbiy kemalariga turk böğozlaridan ötiş uçun kema sinfi (kiçik ölçamdagi suv usti kemalari öta oladi) va tonnaji böyiça çeklov kiritilgan.
“Bunday harbiy kemalarning umumiy tonnaji 30 ming tonnadan (tonnaj Qora dengiz böyi davlatlari harbiy-dengiz kuçlari oşirilganda 45 ming tonnagaça kötarilişi mumkin) oşmasligi va ular Qora dengizda 21 kundan köp qolmasligi kerak. Bu masalaning huquqiy tomoni. Biroq uning siyosiy tomoni ham mavjud”, deb aytgan Rossiya vakili.


















