10:31 / 04.02.2019
4541
SpaceX birinchi marta sayyoralararo kema uchun dvigatelni sinovdan o‘tkazdi
Foto: SpaceX

SpaceX Starship kosmik kemasi uchun dvigatelning birinchi o‘t chiqarish sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda kompaniya asoschisi Ilon Mask tvitterda xabar bergan. 

«SpaceX jamoasining ajoyib ishidan juda ham faxrlanamiz», - deb yozgan Mask.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Starship sayyoralararo kemasi uchun mo‘ljallangan Raptor dvigateli sinovlarini o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX va Ilon Maskning eng katta raketasining yig‘ilishi jarayoni ko‘rsatilgandi.

Top