16:23 / 07.02.2019
4764
Cheferin ikkinchi muddatga UYeFA prezidenti etib saylandi

UYeFA rahbari Aleksander Cheferin bugun, 7 fevral kuni tashkilotning Rimdagi Kongressida ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga saylandi.

UYeFAning 43-Kongressida sloveniyalik yurist nomzodini barcha 55 milliy federatsiya qo‘llab-quvvatladi.

51 yoshli Cheferin 2023 yilgacha Yevropa futboliga rahbarlik qiladi. U bugungi saylovda yagona nomzod sifatida ishtirok etdi. Da'vogarlar 2018 yil 7 noyabriga qadar ro‘yxatga olingan, shu vaqtgacha faqat amaldagi prezident ushbu lavozimni egallash istagini bildirgan edi.

Aleksander Cheferin tashkil etilganiga 60 yildan oshgan UYeFAning yettinchi prezidenti sanaladi. U 2016 yil sentabr oyidan buyon Yevropa futboliga rahbarlik qilib kelmoqda. Bunga qadar Sloveniya futbol assotsiatsiyasi prezidenti, UYeFAning Huquqiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Top