20:20 / 14.02.2019
4567

«Chimgan Challenge» festivaliga start berildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishki sport o‘yinlarini rivojlantirish, tog‘-chang‘isi, hokkey, figurali uchish kabi sport turlarini ommalashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Chunonchi, poytaxtimizda «Humo» arenasi ham ayni shu maqsadlarda barpo etilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorat maktabi hamkorligida Bo‘stonliq tumanining Chimyon tog‘-chang‘i zonasida ilk bor «Chimgan Challenge» qishki sport o‘yinlari bo‘yicha yoshlar festivaliga start berdi.  

Tadbirning ochilishida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda qishki sport o‘yinlarini yanada rivojlantirish, musobaqa ko‘lamini kengaytirish, kelajakda musobaqani xalqaro turnir darajasiga olib chiqish, bu orqali  ko‘plab iste'dod egalarini kashf etish haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Ta'kidlash kerakki, yoshlar orasida sportning qishki turlarini ommalashtirish, navqiron avlod vakillarida salbiy illatlarga qarshi sog‘lom immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur festivalda 18dan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor sportchi yoshlar tog‘-chang‘isi, snowboarding hamda voleybol sport turlari bo‘yicha bellashdi.

Musobaqalarda Toshkent viloyatining har bir tuman hamda shaharlaridan 3 yosh toifasida 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid
Top