Toşkentdan avtomaşinada bir soatdan köproq vaqt yurilsa, Çimyon toğlarining gözal yerlariga yetib oliş mumkin. Bunday joylarda hamma özini erkin va yengil his qiladi. Çunki bu yerda nihoyatda baland toğlar, toza havo, billur buloqlar va gullarning çöğ ranglari bilan qöşilib ketgan zumrad dalalarni körişingiz mumkin.

Köpçilik yozgi ta’tilda aynan mana şunday salqin, sokin, gözal maskanlarga borib dam olişni istaydi. "Oşqoşiq" jamoasi ta’til kunlarida hordiq çiqariş uçun maqbul dam oliş maskanini sizga taniştirib ötadi. Videoni oxirigaça körib özingiz baho bering. Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.