12:10 / 25.02.2019
28538

Nokia 35 dollarlik telefon chiqardi

Foto: Expert Reviews

HMD Global 25-28 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 ko‘rgazmasining ochilishiga oddiy Nokia 210 telefonini taqdim etdi. U internetga kirish imkoni mavjud bo‘lgan eng arzon telefon bo‘lishi aytilmoqda.

Foto: GSMArena.com

Qurilma tugmachali klaviatura, kamera, ilovalar do‘koni va Opera Mini brauzeriga ega monoblok form-shaklini taqdim etadi. QVGA kenglikka ega 2,4 dyuymlik displey, FM-radio, nur diodli fonarcha, 1020 mAch hajmidagi akkumulyator bilan jihozlangan.

O‘lchamlari 120,8×53,49×13,81 mm.ga teng, og‘irligi - 82 gramm.

Foto: Sarah Tew/CNET
Foto: Sarah Tew/CNET
Foto: Sarah Tew/CNET
Foto: Sarah Tew/CNET

Nokia 210 kelgusi hafta 35 dollarlik narx bilan qora, qizil va kulrang ranglarda sotuvga chiqariladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq HMD Global beshta kamerali birinchi smartfonni taqdim etgandi. 

Top