11:46 / 26.02.2019
20695

Sardor Rashidov nega «Santa-Klara»ga qarshi o‘ynamagani ma'lum bo‘ldi

Portugaliya chempionati 23-turidan o‘rin olgan «Santa-Klara» - «Nasonal» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hamyurtimiz Sardor Rashidov o‘ynaydigan «Nasonal» klubi mehmonda «Santa-Klara»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shu kuni Sardorning maydonga tushmagani va hatto qaydnomaga kiritilmagani o‘zbekistonlik muxlislarni hayron qoldirdi. O‘tgan o‘yinda het-trik qayd etgan Sardorning maydonga tushmagani chindan ham g‘alati.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sardorning noqulay ob-havo sabab samolyotga chiqishdan hayiqib, safar o‘yiniga bormagani aytildi, lekin ma'lum bo‘lishicha, sabab boshqa bo‘lgan. Sardor hujjatlari bilan bog‘liq muammo bois safar o‘yiniga ucha olmagan.

«Nasonal» chempionatdagi navbatdagi o‘yinini 2 mart kuni o‘z maydonida «Tondella»ga qarshi o‘tkazadi.

Top