21:40 / 27.02.2019
9699

Hindiston Pokistondan asirga olingan uchuvchini ozod etishni talab qildi

Foto: AFP 2019 / Stringer

Nyu-Dehli Islomoboddan 27 fevraldagi mojaro vaqtida asirga olingan uchuvchini ozod etishni talab qildi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilgan. 

“Pokiston hibsga olingan hind harbiysiga biror zarar yetkazmasligi borasida o‘ziga hisobot berishi kerak”,-deyilgan xabarda.

Hindiston 27 fevralda Pokistonga qarashli qiruvchi samolyotni, Pokiston esa ikkita hind qiruvchi samolyotini urib tushirganini ma'lum qilgan. Pokiston tomonining ta'kidlashicha, urib tushirilgan samolyotlardan birining uchuvchisi asirga olingan. Keyinroq Pokiston OAV hind uchuvchilaridan biri videosini e'lon qilgan. Yaralangan uchuvchi jurnalistlarga o‘z ismi va harbiy unvonini ma'lum qilgan.        

Hindistonning versiyasi bo‘yicha, Kashmir ustida Pokiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti urib tushirilgan. Hindiston ushbu havo jangida MiG-21 samolyotini yo‘qotgan, uning uchuvchisini esa bedarak yo‘qolgan deb hisoblamoqda.

Mavzu
Kashmir mojarosi
14 fevral kuni Pokiston hududida o‘rnashgan «Jaysh-e-Muhammad» terrorchi guruhi Kashmirda Hindiston armiyasi harbiylari kolonnasi o‘tayotgan yo‘lda terakt sodir etishi natijasida 46 nafar hind harbiysi halok bo‘ldi. Bu voqea ortidan Pokiston va Hindiston munosabatlarida mojaro yana avj oldi.
Barchasi
Top