Özbekiston elçixonasi va Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi (Federation of Indian Chambers of Commerce and Industry – FICCI) hamkorligida taşkil etilgan davra suhbatida mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyati taqdim etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
FICCI 1927 yilda taşkil etilgan va Hindistonning eng yirik biznes taşkilotlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tuzilma xususiy va davlat sektorlari, transmilliy kompaniyalarga xizmat körsatadi, öz faoliyati doirasida 250 mingdan ortiq kiçik, örta va yirik kompaniyalarni qamrab olgan.
Jonli muloqot tarzida keçgan davra suhbatida özaro hamkorlikning imkoniyatlari va istiqbollari haqida qizğin fikr almaşildi. Hinduja Group konglomerati departamenti rahbari Suren Alimçandani Özbekistonda avtomobil dvigateli moylari işlab çiqarişni yölga qöyiş, mineral öğitlar xarid qilişga tayyorligini bildirib, Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bu borada muzokaralar ötkazişini ma’lum qildi.
MIER Group kompaniyasi marketing böyiça direktori Gopal Sud Özbekiston qişloq xöjaligi sohasida erişayotgan yutuqlardan xabardor ekani va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini örganayotganini bildirdi.
– Hindiston va Özbekiston örtasida uzoq tarixga ega munosabatlar mavjud, – deydi FICCI boş kotibi Şaileş Pathak. – "Markaziy Osiyo – Hindiston" işbilarmonlar kengaşining joriy yildagi yiğilişini Toşkentda ötkazişga tayyorgarlik körayotganimiz ham bejiz emas. Özbekiston va Hindiston tadbirkorlari samarali hamkorlik qilişi uçun qişloq xöjaligi, ta’lim, soğliqni saqlaş, turizm, qayta tiklanadigan energiya, töqimaçilik, avtomobilsozlik, elektromobillar işlab çiqariş va boşqa köplab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.

















