13:02 / 27.02.2019
13720

Samarqandda qarindoshlar o‘rtasidagi janjal qon to‘kilishi bilan yakun topdi

2019 yil 24 fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi I.E. shu mahalla hududida o‘zaro janjal tufayli qarindoshi B.B.ni urayotgan vaqtida B.B.ning onasi voqea joyiga kelib, I.E.ning boshiga tosh bilan urib jarohat yetkazgan. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, natijada I.E. kasalxonaga yotqizilib, ayol qo‘lga olingan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.   

Top