2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat işlari ötgan yilga nisbatan 11 foizga kamaygan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qildi.
Ötgan yili respublika böyiça jami 6 535 nafar şaxs (2022 yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan bölib, 2022 yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan.
Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar şaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum etilgan.
Eng köp sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş - 2 067 (2 145), pora beriş - 894 (1 061), firibgarlik - 769 (937), pora oliş -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş - 125 (117) hisoblanadi.
2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan şaxslar soni Andijon - 971 (913), Sirdaryo - 472 (459), Surxondaryo - 332 (302) viloyatlarida oşgan.

















