8441.36 USD -14.01

9493.15 EUR -61.42

131.78 RUB +0.25

10963.6 GBP -96.83

21:41 / 01.03.2019 12616

Saudiya Arabistoni hukumati bin Lodinning o‘g‘lini fuqarolikdan mahrum qildi

Foto: AP Photo / CIA

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud “Al-Qoida” terrorchilik guruhi yetakchisi, 2011 yilda o‘ldirilgan Usama bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodinni qirollik fuqaroligidan mahrum qilish haqidagi farmonni e'lon qildi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi buyrug‘iga iqtibos keltirgan holda “Umm al-qura” nashri ma'lum qildi. 

28 fevralda AQSh davlat departamenti Hamza bin Lodin qayerda ekanligi haqidagi axborot uchun million dollar mukofot puli taklif qildi. Davlat departamentining fikricha, bin Lodinning o‘g‘li “Al-Qoida” yetakchilaridan biri hisoblanadi.    

Top