Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonlik doimiy ish bilan ta’minlanishi mumkin
Jiddada arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda til va turli kasblarga o‘qitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha o‘zbekistonlikni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov boshchiligidagi delegatsiyaning Kuvayt va Saudiya Arabistoniga amaliy tashrifi davomida Jiddada ota-bobolari o‘zbekistonlik bo‘lib, Saudiya Arabistonida yashab kelayotgan, yirik biznesga ega tadbirkorlar – Vision Ambassadors hamta’sischisi Osama Kokandiy, Sodiq At-Tijoriya kompaniyasi rahbari Emet Abdulaziz hamda arab ishbilarmoni Ahmad Alxutami bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Osama Kokandiy viloyat rahbariga parrandachilik sohasida Farg‘onada loyiha amalga oshirish rejalarini ma’lum qildi.
Emat Abdulaziz tekstil sohasida hamkorlik qilish, Farg‘onada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Saudiya Arabistoni bozoriga olib kirishda o‘z takliflarini bildirdi.
Ahmad Alxutami bilan muzokaralarda esa til va turli kasblarga o‘qitish markazlari tashkil etish hamda 100 ming nafargacha farg‘onaliklarni Saudiya Arabistonida doimiy ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
Bildirilgan takliflar asosida hamkorlikda ishni yo‘lga qo‘yish, ma’lumotlar almashinish va yaqin muddatlarda Farg‘onada qayta uchrashuvlar tashkil qilinishiga kelishildi.
Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Kuvayt va Saudiya Arabistoni safarini yakunlab, Farg‘onaga qaytib keldi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 14:23
-
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi
Jahon | 13:54
-
Yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni gazga ulashda muammolar yuzaga kelyapti
O‘zbekiston | 13:53
Mavzuga oid

08:34 / 04.07.2025
Saudiya kompaniyasi O‘zbekistonda shamol elektr stansiyalari uchun turbina va qanotlar ishlab chiqaradi

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

16:33 / 19.06.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni tikladi

15:57 / 12.06.2025