16:07 / 06.03.2019
16456

NATOning ikki kemasi Odessa portiga kirib keldi

Foto: dumskaya.net

TCG "Barbaros" fregati va tezkor hujumga mo‘ljallangan TCG "Martı" raketali kateri Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlik doirasida Odessa portiga yetib keldi. Bu haqda Odessa online xabar qildi.

Fevral oxirlarida Odessa portiga AQShning "Donald Kuk" raketa tashuvchi esminetsi kelgandi.

Xabar qilinishicha, Turkiya kemalari Odessa portida 8 martga qadar bo‘ladi.

Avvalroq AQSh Ukrainaga yangi qurol yetkazib berishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top