NATO davlatlari Ukrainaga qöşimça havo hujumidan mudofaa tizimlarini taqdim etiş niyatida. Şimoliy Atlantika alyansi NATO doirasida resurslar topdi, dedi taşkilot boş kotibi Yyens Stoltenberg 19 aprel, juma kuni Ukraina-NATO kengaşi yiğilişidan söng.
U alyansning qaysi a’zosi tegişli majburiyatlarni öz zimmasiga olganiga aniqlik kiritmadi. NATOga a’zo bölgan alohida davlatlar yaqin kunlarda aniq bayonotlar berişi kutilmoqda. Şu bilan birga, havo hujumidan mudofaa tizimlariga ega bölmagan davlatlar ularning Kiyev uçun sotib olinişini pul bilan qöllab-quvvatlaşga rozi böldi, deya qöşimça qildi Stoltenberg.
Zelenskiy: Kamida yettita Patriot tizimi kerak
Ukrainaga özining eng muhim obektlarini himoya qiliş uçun kamida yettita Patriot zenit-raketa kompleksi yoki şunga öxşaş tizimlar kerak, dedi video-aloqa orqali iştirok etgan prezident Vladimir Zelenskiy. Ukraina rahbari ittifoqçilarni bu masalada ikkilanmaslikka çaqirdi.
Ukraina davlat rahbari avvalroq öz mamlakatiga harbiy yordamni oşirişga çaqirgan edi. Zelenskiy sözlariga köra, gap Kiyevning oldingi çiziqni uşlab turiş va qolgan energetika infratuzilmasini himoya qiliş qobiliyati haqida bormoqda.
Sönggi haftalarda Rossiya Ukrainani öqqa tutişni kuçaytirdi va xususan, havo hujumlari bilan deyarli barça issiqlik elektr stansiyalarini yöq qildi. Aprel oyi boşida Ukraina prezidenti mamlakat havo hududini töliq himoya qiliş uçun zarur bölgan Patriot havo mudofaa tizimlari sonini 25 birlik atrofida baholagan edi.













