9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:21 / 11.03.2019 11873

Latviya va Rossiya chegarasida uzunligi 93 kilometrli to‘siq o‘rnatildi

Foto: Latviya Davlat chegara xizmati

Latviya Rossiya bilan chegarada uzunligi 93 kilometr bo‘lgan tikanli simli to‘siq qurilishini yakunladi, ayrim joylarda to‘siqning balandligi 2,7 metrga yetadi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, 2015 yilda Latviya-Rossiya chegarasida to‘siq qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolangan. Qurilish loyihasi butun Latviya-Rossiya chegarasini qamrab olgan bo‘lib, uning ichiga piyodalar yo‘laklari, patrul uychalari, suv o‘tkazish quvurlari yotqizish ham kiradi.

Latviya chegara xizmatining ma'lum qilishicha, qurilishning umumiy qiymati 21,168 million yevroni tashkil etadi. Qurilish 2020 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Latviyaning Rossiya bilan chegarasi uzunligi 283,6 kilometr bo‘lib, davlat chegara qo‘riqlash xizmatining o‘nta bo‘limi xizmat ko‘rsatadi. 

Top