Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi
Yer osti yo‘lidan odamlar va tovarlar O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilgani ta’kidlanmoqda.
Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yana bir yer osti yo‘li topildi, u orqali odamlar va kontrabanda tovarlari qo‘shni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib o‘tilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi Qirg‘izistonning O‘sh viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib Kaktus.
5 aprel kuni O‘sh viloyati IIB xodimlari Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Tekshiruv davomida u Qirg‘izistonga ikki davlatni bog‘laydigan yashirin tunnel orqali qonuniy chegarani chetlab o‘tgani ma’lum bo‘lgan.
Politsiya Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 168-moddasi «Noqonuniy migratsiyani tashkil etish, migrantlarni noqonuniy olib kirish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochdi.
12 aprelga o‘tar kechasi Nooken tumanida mahalliy fuqaro qo‘lga olindi. U Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishni pul evaziga tashkil qilganlikda gumonlanmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida gumonlanuvchidan maxsus belgili valuta va tungi ko‘rish durbinlari musodara qilingan. Shuningdek, uning uyidan dastlabki qiymati qariyb 30 ming dollarga teng 87 quti narkotik modda topilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
20:10 / 04.06.2026
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026