08:06 / 20.03.2019
23273

Avstraliya bosh vaziri Erdo‘g‘anning so‘zlaridan keyin Turkiya elchisini chaqirtirdi

Foto: DPA/REUTERS

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an “islomga qarshi qarashlarga ega avstraliyaliklar” nomiga keskin so‘zlar aytgandan keyin Turkiya elchisini chaqirtirdi. Bu haqda SBS telekanali xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an Turkiyaning Eragli shahridagi mitingda Yangi Zelandiyadagi masjidlarga qilingan hujumga izoh berib, islomni qoralovchi avstraliyaliklar haqida salbiy fikrlar bildirgan. Uning ta'kidlashicha, bunday odamlar yaxshisi Turkiyaga kelmagani ma'qul, aks holda ular noxush oqibatlarga duch kelishadi. Erdo‘g‘an, shuningdek, Birinchi jahon urushi vaqtida Chanakkaledagi (Gallipoli) jangda avstraliyalik va yangi zelandiyalik harbiylar ishtirok etganini eslab o‘tgan.

“Bu so‘zlar juda haqoratli. Prezident Erdo‘g‘anning izohlarini Kamol Otaturkning Birinchi jahon urushida halok bo‘lgan avstraliyalik harbiylar haqidagi so‘zlariga keskin zid, deb hisoblayman.  Bundan tashqari, men bunday so‘zlarni qonunbuzarlik, deb hisoblayman”, deb aytgan Morrison. U Turkiyaning bunday keskin munosabatiga qaramay, Kanberra o‘zining sabr-toqatlilik va ko‘p madaniyatli jamiyatni rivojlantirish tamoyillaridan og‘ishmasligi va mintaqada xavfsizlik uchun kurashishni davom ettirishini aytgan.

Mavzuga oid
Top