08:51 / 21.03.2019
3576
Jazoirda hokimiyat yangi prezidentga topshirilishi tasdiqlandi 
Abdulaziz Butafliqa/Foto: EPA-EFE/MOHAMED MESSARA

Jazoir tashqi ishlar vaziri Ramtan Lamamra amaldagi prezident Abdulaziz Butafliqa yangi prezident saylovlaridan keyin o‘z lavozimini tark etishini tasdiqladi.

Uning aytishicha, saylovlar muddatini mustaqil milliy anjuman belgilaydi, u milliy anjuman va yangi konstitutsiya qabul qilingandan keyin bo‘lib o‘tadi.

Butafliqa 11 mart kuni mamlakatda yuz berayotgan siyosiy inqirozdan chiqish bo‘yicha murojaatida saylovlarda ishtirok etmasligini ma'lum qilgan.

“Bu vaqtgacha Butafliqa mandati yakunlanadi va davlat rahbari vakolatlari Jazoir xalqi tanlaydigan odamga beriladi”, deb aytgan Lamamra.

Uning ta'kidlashicha, inqirozli vaziyatni tartibga olish uchun barcha siyosiy tomonlar va fuqarolik jamiyati bilan muloqot olib borish lozim.

82 yoshli Butafliqa mamlakatda unga qarshi o‘tayotgan namoyishlar ortida beshinchi muddatga saylanishdan bosh tortgan, biroq prezident saylovlarini keyinroqqa qoldirib va vazirlar mahkamasini shakllantirish bo‘yicha umummilliy anjuman boshlanishini e'lon qilib o‘z vakolatlarini yana bir yilga uzaytirgan.

Top