22:42 / 29.03.2019
3988

Andijonda davlat idoralarida me'yoriy hujjatlar bilan ishlash yuzasidan Respublika amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati, Andijon tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan Respublika seminarida barcha tuman va shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari, devonxona mudirlari hamda viloyatdagi tashkilotlarning ijro intizomiga mas'ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etdilar.

Anjuman hokimliklar va boshqa muassasalarda ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bir qator mas'ul mutasaddilarining hujjatlarni ro‘yxatga olish, rasmiylashtirish va ijrochiga yetkazish tizimi, mazkur jarayonlarda axborot texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha nazariy ma'ruzalar tinglandi.

Ishtirokchilar Qo‘rg‘ontepa tumani va Andijon shahar hokimliklaridagi hujjatlar bilan ishlash holati bilan tanishdilar.

Elmurod Ermatov, Andijon

Top