Andijon viloyati Xöjaobod tumanida uçta maşina iştirokidagi yöl-transport hodisasida ikki kişi halok bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
2024 yil 4 aprel kuni soat 15:30 larda A 373 Toşkent-Öş avtomobil yölining Xöjaobod tumani hududidan ötgan qismida 22 yoşli haydovçi Cobalt bilan quvib ötiş qoidasini buzib, yölning qarama-qarşi tomoniga ötgan.
Natijada Cobalt öz yönalişida harakatlanib kelayotgan, 33 yoşli haydovçi boşqaruvida bölgan Damas bilan töqnaşgan. Damas haydovçisi boşqaruvni yöqotgan va özi bilan bir yönalişda yonma-yon kelayotgan, «Moskviç-412»ga borib urilgan.
Cobalt va Damas haydovçilari oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ularning ikkisi ham vafot etgan.
Hozirda Xöjaobod tumani IIB Tergov bölinmasi xodimlari holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlarini olib bormoqda.

















