08:07 / 02.04.2019
9849

APL. «Arsenal» o‘z uyida navbatdagi g‘alaba bilan 3-o‘ringa chiqdi

Foto: Getty Images

Angliya Premer-ligasining 32-turiga kelib, to‘rt oy ichida ilk marta jadvaldagi yuqori uchlik tarkibi o‘zgardi. Kecha «Arsenal» o‘z maydonida «Nyukasl»ni mag‘lub etib, «Tottenhem» o‘rniga uchinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

«To‘pchilar» «Emireyts Stedium»dagi bahsning har ikki bo‘limida bittadan to‘p kiritib, o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Aaron Remsi darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga olgan bo‘lsa, 83-daqiqada Per-Emerik Obameyangning boshi bilan uzatib bergan to‘pini Aleksandr Lyakazett bir zarba bilan darvozabonning ustidan oshirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi – 2:0.

Ushbu natijadan so‘ng «Arsenal», yuqorida ta'kidlanganidek, bir kun oldin «Liverpul»ga yutqazgan «Tottenhem»ni quvib o‘tib, 3-o‘ringa chiqib oldi. Rafael Benites jamoasi esa bir pog‘ona pastlab, 13-o‘ringa joylashdi.

Angliya chempionati, 32-tur
Arsenal – Nyukasl 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Remzi, 2:0 – 83 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Mustafi, Papastatopulos, Monreal, Meytlend-Naylz, Remzi (El-Nenni, 67), Genduzi, Kolashinats, Ozil (Mxitaryan, 84), Ivobi (Obameyang, 61), Lyakazett.
Nyukasl – Dubravka, Yyedlin, Lejyen, Lassels, Dammett, Ritchi (Kenedi, 75), Peres (Muto, 77), Xeyden (Ki Son Yen, 67), Diame, Almiron, Rondon.
Ogohlantirishlar: Monreal (59), Kolashinats (71).

33-tur
2 aprel (seshanba)
23:45. Vulverhempton – Manchester Yunayted
23:45. Uotford – Fulhem

3 aprel (chorshanba)
23:45. Manchester Siti – Kardiff

5 aprel (juma)
23:59. Sauthempton – Liverpul

6 aprel (shanba)
19:00. Nyukasl – Kristal Pelas
19:00. Haddersfild – Lester
19:00. Bornmut – Bernli

7 aprel (yakshanba)
18:05. Everton – Arsenal

8 aprel (dushanba)
23:59. Chelsi – Vest Hem

23 aprel
23:45. Tottenhem – Brayton

Top