16:54 / 05.04.2019
13909

Qora dengizda Ukraina va NATOning o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

Foto: Flickr

Ukraina va NATOga a'zo davlatlar Qora dengizda Sea Shield ("Dengiz qalqoni- 2019") hamkorlikdagi mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Ukrainaning NATOdagi missiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Qora dengizdagi mashg‘ulotlar 13 aprelgacha davom etadi.

"Ruminiyaning o‘n to‘rtta harbiy kemasi va Bolgariya, Kanada, Gretsiya, Niderlandiya, Turkiyaning oltita harbiy kemasi 2200 nafar harbiylar ishtirokida Qora dengiz hududida hamkorlikdagi jangovar vazifalarni bajaradi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATOga a'zo davlatlar Ukraina va Gruziyani Qora dengizda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishib olishganini ma'lum qilgandi. 

Top