16:49 / 09.04.2019
3898

Avstriya ichki ishlar vaziri Yevrokomissiyani 70 mingga yaqin muhojir kirib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

Foto: DPA

Yangi migratsion inqiroz to‘lqinida Yevropaga 70 mingga yaqin muhojir kirib kelishi mumkin. Avstriya ichki ishlar vaziri Xerbert Kikl ana shunday ogohlantirish bilan chiqdi, deb yozadi Kronen Zeitung nashri.

Avstriya IIV rahbari Yevrokomissiyaga maktubida O‘rtayer dengizi va g‘arbiy Bolqon yo‘li orqali noqonuniy muhojirlarning yangi oqimi boshlanishidan tashvish bildirgan. Vazirning Yevropoldan olingan ma'lumotlarni keltirishicha, hozirda Turkiya orqali ommaviy muhojirlar oqimiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosniya va Gersegovinada 5 ming, Serbiyada 5 ming, Gretsiyada 5 ming noqonuniy muhojir bor. Bundan tashqari, Yaqin Sharqdagi 5,6 mlnga yaqin suriyalik qochoqlar Yevropa tomon harakatlanishga tayyorligini namoyish qilmoqda.

Top