Rossiya hududiga kirgan çet el fuqarolari mahalliy aloqa operatorlaridan sim-karta sotib oliş uçun davlat xizmatlari portalida («Gosuslugi») biometrik ma’lumotlarni kiritgan holda röyxatdan ötişi va aloqa dökonlariga şaxsan borişi şart böladi. Bunday talablar kiritilgan qonun loyihasi Raqamli rivojlaniş vazirligi tomonidan tayyorlandi, deb yozdi «Vedomosti». 

Hujjat Içki işlar vazirligi, FXX, «Roskomnadzor», Taşqi işlar vazirligi, Federal monopoliyaga qarşi xizmat va Iqtisodiy rivojlaniş vazirligiga yuborilgan. Departamentlar bu haqda 15 aprelgaça kelişib olişi kerak.

Hujjat matnida ta’kidlanganidek, agar migrantlar biometrik ma’lumotlarni taqdim etişdan boş torsa, Rossiya hududida mobil aloqadan foydalaniş imkoniyatidan mahrum böladi. 

Bu talablar diplomatik xodimlar, şuningdek, xalqaro taşkilotlar vakillari va qoçqinlarga nisbatan qöllanilmaydi.