20:45 / 12.04.2019
82875

Buxorolik haydovchi 1 milliard so‘mdan ortiq jarimaga tortildi, ammo jarima summasi bekor qilindi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro qoidabuzarligi uchun Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori tomonidan 1 milliard 13 million so‘m jarimaga tortildi.

Gap shundaki, inspektor haydovchi MJtKning 128-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni qilgani tufayli, unga EKIH ikkidan bir qismi (101 365 so‘m) jarima tortgan. Ammo texnik xato tufayli hujjat rasmiylashtirilayotgan vaqt jarima summasi bilan qorishib, yaxlit miqdorga aylanib qolgan. Ya'ni 101 365 so‘mdan so‘ng 2019 yil sanasi birgalikda 1 milliard 13 million so‘mdan ortiq jarima summasini keltirib chiqqan. Avtomatik tizim raqamga monand jarimani so‘z bilan keltirib bergan.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uzʼga ma'lum qilishicha, texnik xato o‘z vaqtida bartaraf etilgan, qoidabuzar haydovchi esa qonunlarda belgilangandek jarima miqdori to‘lashi ta'minlangan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda qonun bilan belgilangan xilof ishni amalga oshirgani uchun EKIH 600 baravargacha jarima solish mumkin.

Top