Qoidabuzarlik bo‘yicha 15 kun ichida qaror chiqarilmasa, haydovchi jarimaga tortilmaydi (xabar yangilandi)
Deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidabuzarligi foto va video radarlar orqali qayd etilganida bu haqdagi ma’lumot vakolatli organga 48 soat ichida yuborilishi kerak. Vakolatli organ esa 15 kun ichida jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishi zarur. Aks holda ishni ko‘rib chiqish tugatiladi.

Foto: O‘zA
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 23 aprel kungi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qildi.
Loyihaga ko‘ra, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilgani qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar vakolatli organga 48 soat ichida yuborilib, vakolatli organ tomonidan 15 kun ichida jarima solish haqida qaror chiqarilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqishni tugatiladi.
Bundan tashqari, loyihada kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalari hamda individual harakatlanish vositalarini (skuter, moped, velosiped haydovchi, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi) boshqarish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, MJtKning 171-moddasiga tez tibbiy yordam va yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalari tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan yuritilgan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan voz kechgan holda tugatish tartibini joriy etish belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiyadan so‘ng ilk marta Rossiya kompaniyalariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi
Jahon | 23:09
-
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
Jahon | 23:07
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37
-
Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:36
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

16:46 / 25.03.2025
Tez yurishga rag‘bat yoxud yana 10 km/h «pogreshnost» haqida

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

10:45 / 22.03.2025