08:57 / 18.04.2019
9493

YeChL chorakfinalidagi eng yaxshi gollar saralandi

Foto: REUTERS

Chempionlar ligasida chorak finalning eng chiroyli 4 gol saralab olindi. UYeFA rasmiy saytida bu gollardan eng yaxshisini tanlash uchun ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda.

Bu bosqichning eng chiroyli goli bo‘lish uchun «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning «Manchester Yunayted»ga goli (3:0), David Neresning («Ayaks») «Yuventus»ga birinchi o‘yinda urgan goli (1:1), Rahim Sterlingning («Manchester Siti») «Tottenhem Hotspur»ga qarshi javob uchrashuvida urgan goli (4:3) va Lionel Messining («Barselona») «MYu» darvozasiga yo‘llagan goli da'vogarlik qilmoqda.

Ovoz berish natijalari 19 aprel kuni e'lon qilinadi.

Bundan avvalroq haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e'lon qilingandi. Bu ro‘yxatdan «Barselona» hujumchisi Lionel Messi, «Ayaks» himoyachisi Mateys de Ligt, «Tottenhem Hotspur» forvardi Son Xin Min va «Liverpul» hujumchisi Roberto Firmino joy olgan.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top