Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beylning «Borussiya»ga urgan goli YeChL mavsumidagi eng yaxshisi deb tan olindi
UYeFA rasmiy saytida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Real» o‘yinchilarining gollari eng yaxshi gollar uchligidan joy olgan.
Birinchi o‘rin (19 foiz ovoz to‘plagan) YeChL guruh bosqichida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi safar uchrashuvida (3:1) madridliklarning yarimhimoyachisi Garet Beylning to‘pni havoda to‘xtatmasdan darvozaga urgan goli egallagan.
Ikkinchi o‘rin (18 foiz) «Yuventus»ga qarshi birinchi chorakfinal uchrashuvi (3:0 da Krishtianu Ronalduning qaychi uslubida urgan goliga berilgan.
Uchinchi o‘ringa (12 foiz) yana bir bisiklet usulida urilgan gol — Beylning yaqindagina — «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan final uchrashuvidagi (3:1) birinchi goli loyiq ko‘rilgan.
Mavzuga oid
16:22 / 27.02.2026
YeChL qur’asi: «Siti»ga yana «Real» tushdi
12:10 / 26.02.2026
Vini yana raqs tushdi, Turinda drama. YeChLda javob o‘yinlari
12:09 / 01.10.2025
«Liverpul» Turkiyada yutqazdi, grandlardan gollar yomg‘iri. YeChLda kun o‘yinlari
22:12 / 28.08.2025