16:20 / 29.04.2019
3042
Kimyo fanining yutuqlaridan unumli foydalanish tavsiyalari
Foto: Depositphotos

Kimyo fanining yutuqlari va joriy etilayotgan yangiliklari xalq xo‘jaligining barcha jabhalariga keng kirib borayotganligi bugun hech kimga sir emas. Bu jarayonning ikki tomoni bor: biri u insonga talaygina qulaylik yaratayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomoni - shu insonlar sog‘lig‘iga yetkazayotgan zararlari.

1-masala. Yangi yangi qurilish materiallari ko‘payib, sezilarli qulayliklar yaratilyapti. Oddiygina kundalik turmushda foydalanilayotgan yuvuvchi vositalar xonadon bekalarining ish samarasini beqiyos darajada oshirayotgani sir emas. Bog‘ va dalalardagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirishda turli kasalliklar va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashdagi erishilayotgan yutuqlar aniq va ularni inkor etish mumkin emas.

2-masala. Shu qurilish materiallarining atrof-muhitga chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy zaharli ta'sirlari, yuvuvchi moddalardan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida foydalanuvchilarga yetadigan zarar va yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibida qolayotgan zaharli ximikatlarning qoldiq miqdorining me'yoridan yuqori bo‘lishi oqibatida odam organizmida yig‘ilib, qaytarib bo‘lmaydigan darajadagi salbiy oqibatlarga olib kelishi.

Ushbu holatlarning barchasi muqarrar va ulardan ehtiyot bo‘lish uchun inson nima qilsa ularning foydasi ko‘p, zarari kam bo‘ladi?

Bu savolga oddiy javob bor ya'ni ulardan to‘g‘ri, belgilangan yo‘nalishda va me'yorida foydalanishni bilish kerak.

Tibbiyotda doza degan tushuncha bor, aynan shu kimyoviy vositalardan foydalanish me'yorlarini bilish juda zarur.   

Yana bir muhim muammo shundaki, aholi bu kimyoviy vositalarni nima uchun yaratilgani, qaysi yo‘nalishlarda va ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida tushunchaga ega emas, ayniqsa ayollar yuvish vositalaridan foydalanayotganlarida rezina qo‘lqop kiyishni unutadilar.

Maslahat - kimyoviy vositalarni qo‘llashdan oldin ularning o‘ram qog‘ozlaridagi xavfsizlik talablarini diqqat bilan o‘qib chiqing va ularga amal qiling.

Top