8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

10:18 / 30.04.2019 5080

Samsung smartfonlardan video ko‘rish uchun vertikal televizor ishlab chiqardi 

Samsung mobil kontentni qulay ko‘rish uchun ekranini vertikal holatga burish mumkin bo‘lgan 43 dyuymli Sero televizorini ishlab chiqardi. Kompaniya televizor vertikal videoni ko‘rishni xush ko‘ruvchi yoshlar orasida ommalashishiga umid qilmoqda.

Foto: Samsung

Televizor birinchi navbatda mobil kontentni ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Uni NFS texnologiyasi yordamida smartfonga ulash mumkin. Televizorni qolgan vaqt odatdagidek ishlatish mumkin.

Foto: Samsung

Bundan tashqari, Sero’ga 60 vattli karnay va sabvuferlar o‘rnatilgan. Buning hisobiga televizorni musiqiy markaz sifatida ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Undan shuningdek raqamli fotoramka sifatida foydalanish ham mumkin. Televizorga Bixby ovozli yordamchisi o‘rnatilgan.

Foto: Samsung

Samsung yangi televizorni Janubiy Koreyada may oxirida 1600 ming dollar atrofida sotuvga chiqaradi. Televizorning qolgan davlatlarda sotuvga chiqarilishi borasida hozircha ma'lumot yo‘q.

Top