10:57 / 30.04.2019
9543

Toshkentda talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 26 aprel kuni 2 noma'lum shaxs Toshkent shahri Yunusobod tumanining 18-dahasida fuqaro Sh.N. ismli qizdan kuch ishlatish yo‘li orqali “iPhone” va “Redmi” rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida yashovchi O.J. va Shayxontohur tumani Ipakchi ko‘chasida yashovchi F.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top