2018 yilda Xitoyni 15 ming nafar millioner tark etdi. Bunday ma'lumotlar New World Wealth konsalting kompaniyasining Global Wealth Migration Review tadqiqotida keltirilgan.
Rossiya bu borada 2-o‘rinni egallagan. Uni 7 ming millioner tark etgan. 3-o‘rinni Hindiston egallagan, u yerdan bir yil ichida 5 ming millioner ko‘chib ketgan.
4- va 5-o‘rinlarni Turkiya (4 ming millioner) va Fransiya (3 ming) egallagan.
Millionerlar aksariyat Avstraliyaga emigratsiya qiladilar. Bu yerga bir yil ichida 12 ming nafar millioner ko‘chib o‘tgan. Bu borada 2-o‘rinni AQSh (10 ming millioner), 3-o‘rinni Kanada (4 ming) egallagan.