Dunyoning top milliarderlaridan biri, Microsoft kompaniyasi asosçisi Bill Geyts özining aşaddiy kitobxonligi bilan ham e’tirof etiladi. Bill Geyts yiliga kamida 50 ta kitob öqiydi.

U an’anaviy tarzda har yil yakunlanayotganda kitobxonlarga öqiş uçun kitoblar tavsiya qiladi. Bu yil ham milliarder özi öqigan top kitoblari röyxatini e’lon qildi.

Bill Geyts 2023 yil davomida özi öqigan kitoblar orasidan 3 ta badiiy yönalişda bölmagan kitoblarni tavsiya qildi. Özining yozişiça, röyxat tuzayotgan paytida eng birinçi aynan şu kitoblar xayoliga kelgan.

"Hujayra qöşiği", muallif Siddhartha Mukerji

Röyxat boşida Kolumbiya universiteti onkologi, Pulitser mukofoti sovrindori Siddhartha Mukerjining "Hujayra qöşiği" kitobi joy olgan. Kitob "hayotimizning quriliş bloklari”, hamma jonli organizmlarni taşkil qiluvçi hujayralar haqida.

Kitob 1600 yillarda hujayralar kaşf qilingandan to hozirgaça bölgan davrda odamlarning ularni tuşuna oliş darajasi qanday özgarganini tuşuntiruvçi tibbiy tarixni öz içiga oladi.

Bill Geytsning yozişiça, "Hujayra qöşiği" inson öz tanasini yaxşiroq tuşunişiga yordam beradi. Ayniqsa, kasal bölgan payti tanamiz bizga nima demoqçi bölayotganini anglatişga harakat qiladi.

Muallif Mukerji dastlab bir hujayrali organizmlar bilan qanday tarzda hayot boşlanganini tuşuntiradi. Söng esa insondagi har bir kasallik va qariş jarayoni tanadagi hujayralar bilan nimadir xatolik röy berişi oqibatida sodir bölişini tuşuntiradi.

"Dunyoning oxiri kelmadi", muallif Xanna Riçi

"Bayram ruhini his qiliş uçun ozgina optimizmga nima deysiz?" deb yozadi Geyts navbatdagi kitob haqida. Milliarder tavsiya qilayotgan bu kitobni iqlim özgarişi haqidagi suhbatlardan xabardor bölişni istagan har qanday şaxs öqişi kerak.

Oksford universiteti olimi Xanna Riçining muallifligidagi "Dunyoning oxiri kelmadi" kitobi yanvarda çop etilişi reja qilingan. Bu kitob insoniyat iqlim özgarişi ustidan qanday qilib ğalaba qozona olişi mumkinligi haqida hikoya qiladi.