8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

17:41 / 02.05.2019 2095

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida maktabgacha ta'lim sohasiga o‘tgan yilga nisbatan 185 foizdan oshiq mablag‘ ajratildi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari  to‘g‘risida”gi, sohaga oid qabul qilingan bir qator qarorlar, shuningdek, Moliya vazirligining ko‘rsatmalari va tuman hokimining o‘tgan yil 28 dekabr kungi №1017-q sonli qarori bilan Oltinko‘l tuman mahalliy budjetining 2019 yil uchun asosiy ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. 

Unga asosan,ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar uchun 100 mlrd. 488 mln. 791 ming so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlari uchun 24 mlrd. 917 mln. 62 ming so‘m,boshqa xarajatlar 13 mlrd. 446 mln. 528ming  so‘mni tashkil qiladi.

Maktabgacha talim sohasiga 2018 yilda 7 mlrd. 344 mln. 110 ming so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2019 yil uchun 13 mlrd. 616 mln. 101 ming so‘m mablag‘lar ajratildi. Bu mablag‘larni o‘tgan yilgiga nisbatan 185 % ga oshganligini bildiradi.

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 2018 yilda 4 mlrd 606 mln 552 ming so‘m rejalashtirilgan edi.Joriy yilda 7 mlrd 338 mln 237 ming so‘m mablag‘lar ajratildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 159 % ga oshganini ko‘rsatadi. Boshqa ko‘rsatkichlarda ham ana shunday ijobiy holatni kuzatish mumkin.Tumandagi maktabgacha talim muassasalarini joriy tamirlash va isitish tizimini ta'mirlash xarajatlari uchun 834 mln. 757 ming so‘m mablag‘ ajratildi.

Bundan tashqari, Andijon MFY hududidagi 16-maktabgacha ta'lim muassasasini rekonstruksiya qilish uchun  “Obod qishloq” qishloq dasturi asosida 3 mlrd. 375 mln. so‘m mablag‘larni yo‘naltirish rejalashtirilgan.O‘rta MFY hududida joylashgan 9-maktabgacha ta'lim muassasasini rekonstruksiya qilish uchun investitsiya Dasturi orqali 2 mlrd 700 mln so‘m mablag‘lar ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda har ikkala maktabgacha talim muassasalarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.                                                                                                        

Top