8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:54 / 02.05.2019 45032

Sirtqi ta'limga qabul tartibida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

Foto: KUN.UZ

Mahalliy oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish mexanizmiga tuzatish kiritildi. Bakalavriat, magistratura va sirtqi ta'lim shakliga qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Norma’ning yozishicha, sirtqi shaklda faqat to‘lov-kontrakt asosida o‘qish mumkin. Hujjatlar har yili 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi. Kirish imtihonlari dasturlari, baholash mezonlari, topshiriladigan fanlar (kamida uchta) bloklari imtihonlar boshlanishidan oldin abituriyentlar e'tiboriga yetkaziladi.
 
Kirish imtihonlari 16 avgustdan 25 avgustgacha, o‘qitish tilida o‘tkaziladi. Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi. Yozma (amaliy) ishlar titul varaqlariga identifikatsiya raqamini qo‘yish yo‘li bilan shifrlangan holda topshiriladi va tekshiriladi.
 
Imtihonlar tegishli bakalavriat yo‘nalishidagi 3 ta fandan to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal balldan kelib chiqib baholanadi. Har bir fan bo‘yicha savollar blokidagi fanning o‘rniga qarab maksimal ballning 0%idan 100%igacha bo‘lgan oraliqda ball qo‘yiladi.  
 
Topshirilayotgan fanlarning har biri bo‘yicha imtihon natijalari ular o‘tkazilganidan keyin 1–3 kun muddatda oliy ta'lim muassasasi rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. Sinov natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda ular rasman e'lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya arizasini berish mumkin. U 1–3 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
 
O‘qish uchun belgilangan to‘lov 15 sentyabrgacha to‘lanadi, shundan so‘ng rektor o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtiradi.
 
Hujjat 29.04.2019 yildan kuchga kirdi.

Top