Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
|23:02 / 17.04.202418 57013 min
Özbekistonda xususiy oliygohlar köpayib borarkan, ularning aksariyati köproq talaba qabul qilib, daromadni maksimallaştiriş va ta’lim sifatini ta’minlaş dilemmasi qarşisida qolmoqda. Xöş, öz qadriyatlariga ega ilm dargohi böliş va tijoriy maqsadlar örtasidagi muvozanatga qanday erişiş mumkin? Siyosiy fanlar doktori Bekzod Zokirov Kun.uz'ga taqdim etgan maqolasida şu haqda söz yuritadi.
Xususiy sarmoyaning kirib kelişi – oliy ta’limimizdagi eng katta yutuqlarimizdan biri. 2016 yilda boşlangan bozor munosabatlari borasidagi islohotlar uçun oliy ta’lim qulay soha böldi. Sababi oddiy: yildan yilga ösib borgan talabga qaramasdan, davlat universitetlarida örnatilgan qabul kvotasi jamiyatda millionlab öqimaganlar “bozori”ni paydo qildi. Raqamlar: 2023 yilda davlat universitetlariga hujjat topşirgan abituriyentlar soni 986 mingdan oşgan bölsa-da, ularga ajratilgan qabul kvotasi 381 mingtani taşkil qilgan.
Oliy ta’lim qamrovini oşiriş uçun xususiy universitetlarga nafaqat kunduzgi, balki sirtqi ta’limni taşkil qilişga ruxsat berilişi bu bozorni biznes uçun juda jozibali qilib yubordi. Muqobil taklifi bölmagan yoşlarga bilim berib, jamiyatda ijobiy özgariş qiliş kabi xayrli iş asosiga biznes quriş va bu orqali daromad topiş har bir tadbirkorning orzusi bölsa ajabmas. Şu sababli ham, taklifga mutanosib ravişda xususiy universitetlar soni sönggi 6 yil içida 85 tadan oşib ketdi.
Xususiy oliy ta’lim bozori
Fikrimça, muammoga kirişdan oldin oliy ta’lim bozorining umumiy körinişi va undagi iştirokçilarga töxtalib ötiş lozim.
Yaqin yillargaça Özbekistonning oliy ta’limi ikkita asosiy öyinçining hukmronligi ostida bölgan: davlat universitetlari va kam sonli xalqaro universitetlar filiallari. Eski qolipdan endigina qutulişni boşlagan davlat universitetlari yillar davomida zamon talabiga mos kelmaydigan darsliklar, malakali mutaxassislar taqçilligi va erkin tadqiqot qilişga qöyilgan tösiqlar girdobida qolib ketgani köp bahs qilingan.
Boşqa tarafdan, 2000-yillar boşlaridan bozorga yangi kadrlar tayyorlaş zarurati bilan xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvçi çet el universitetlarining filiallari kirib kela boşladi
Mavzuga oid
. Poytaxtning şinam hududlarida joylaşgan xalqaro universitetlar zamonaviy şaroit, malakali professorlar va ingliz tilidagi ta’lim bilan xalq orasida yaxşigina obröga erişib, hammani öziga mahliyo qilgan bölsa-da, grantlar kamligi va narxning qimmatligi bu muassasalarda öqişni oddiy qatlam uçun imkonsiz qildi.
2018 yildagi islohotlardan keyin bozorda yangi öyinçi – xususiy universitetlar paydo böla boşladi va ular qisqa muddatda bozor dinamikasini özgartirib yubordi. Fikrimça, davlat yoki xorijiy sarmoya aralaşgan universitetlarni hisobga olmaganda, bugungi kunda oliy ta’lim bozorida paydo bölgan xususiy universitetlarni uç turga bölib tahlil qiliş mumkin.
Hajm jihatidan yirik hisoblangan birinçi turdagi universitetlar ortida odatda sobiq yoki ayni paytdagi amaldorlar turadi deb taxmin qiliş mumkin. Nisbatan kiçik va örta hajmga ega ikkinçi turdagi universitetlar ortida yetarli sarmoya orqali mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan tadbirkorlar qatlami turadi. Bu qatlam yillar davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritib tajriba va sarmoya töplagan yoki boşqa bizneslardan kelgan sarmoyasini jozibasi oşib borayotgan ta’lim sohasiga tikayotgan tadbirkorlarni öz içiga oladi. Va nihoyat, xalqaro universitet maqomiga erişişga da’vogar bölgan uçinçi turdagi universitetlar ortida katta moliyaviy qudratga ega yirik biznes egalari turadi.
Asosiy muammo – boşqaruv
Albatta, son köp narsani hal qilmaydi. Qöşni davlatlar tajribasi körsatdi – turli qiyinçiliklar bilan faoliyat boşlagan xususiy universitetlar jiddiy sinovlar qarşisida turadi. Uşbu sohada faoliyat yuritgan mutaxassis sifatida şuni ayta olamanki, bugungi kunda xususiy universitetlar oldida turgan eng oğriqli masala – jamiyatning işonçsizligi yoki sohani tartibga solişdagi noaniqlik emas, balki universitet boşqaruvi. Boşqaça aytganda, moliyaviy manfaat va sifatli ta’lim örtasidagi muvozanatnita’minlaydigan boşqaruvni joriy qiliş endilikda xususiy universitetlar uçun asosiy masalaga aylanadi.
Xususiy universitetlar turfa xil bölsa-da, ularni daromad topişdan taşqari yana bir vazifa doimo birlaştirib turadi: ta’lim oliş istagidagilarni ma’lum mezon böyiça saralab oliş va sifatli ta’lim orqali mehnat bozoriga malakali kadr va jamiyatga manfaat keltiradigan inson qilib tarbiyalaş. Universitetlar oldida turgan uşbu oliy vazifaga eltuvçi yagona vosita – samarali va tizimlaşgan boşqaruvni joriy qiliş ekani şubhasiz. Lekin samarali boşqaruv tajribasi kam bölgan mamlakatda bu oson emas.
Xususiy sarmoyaga asoslangan universitetlardagi samarali boşqaruv uçun fundamental masala – investorlarning daromad topiş xohişi bilan professor-öqituvçilarning sifatli ta’lim beriş borasidagi ziddiyatni yeçiş hisoblanadi. Buni qisqa qilib tuşuntirişga harakat qilaman.
Daromad topiş maqsadidagi investorlar odatda universitet faoliyatiga biznes sifatida qaraşadi. Şuning uçun ular köproq talaba qabul qilib, tezroq moliyaviy barqarorlikka erişiş payida bölişadi. Buning aksi ölaroq, professor-öqituvçilardan iborat universitetning akademik jamoasi universitetlarga erkin ilmiy muhit va mustaqillikni ta’minlaydigan maskan sifatida qaraşadi. Asosiy maqsadi talabalarga sifatli ta’lim beriş bölgani uçun, akademik jamoa sifatni sondan afzal köradi.
Bu ikki xil qaraş örtasidagi ziddiyat universitet boşqaruvining turli jabhalarida namoyon böladi. Ziddiyat odatda fakultetlarga budjet taqsimlaş, talaba qabul qiliş mezoni, erkin tarzda professor-öqituvçilarni yollaş va öquv dasturlar işlab çiqiş kabi masalalarda kelib çiqadi. Investorlar tijoriy manfaatlarni oldinga suriş maqsadida butun jarayonga ta’sir ötkazadigan boşqaruvni ma’qul körişsa, professor-öqituvçilar jamoasi ilmiy qadriyatlar va tamoyillarni himoya qiladigan şaffof va demokratik boşqaruvni afzal körişadi.
Xöş, bizdagi mavjud xususiy universitetlarda ahvol qanday? Bu savolga bugungi kunda xususiy universitetlarda paydo bölgan boşqaruv modelini tahlil qiliş orqali javob beriş mumkin. Umumlaştiradigan bölsak, yangi taşkil etilgan xususiy universitetlarning köpçiligida tijoriy maqsadlarni olğa suruvçi boşqaruv şaklini kuzatamiz. Bunday boşqaruvga asoslangan universitetlarda quyidagilar kuzatiladi:
Universitetni köproq taniqli professor-öqituvçilar emas, balki asosçilarga yaqin şaxslar şakllantirgan.
Universitetning muhim qarorlari jamoaviy tarzda emas, balki sarmoya kiritgan yakka şaxslar yoki ularning vakillari tomonidan qabul qilinadi.
Sarmoyador yoki ularning vakillari universitetning deyarli barça içki işlariga noörin va tez-tez aralaşadi.
Kiriş imtihonlari, universitetga qabul şartlari va ta’lim sifati borasidagi qarorlar universitetning ta’lim borasidagi prinsip va qardiyatlariga emas, balki sotuvni oşiradigan marketingga asosan tuziladi.
Boşqaruv riçaglari aslida professor-öqituvçilar jamoasiga xizmat körsatişi lozim bölgan ma’muriy bölimlarda töplangan bölib, professor-öqituvçilar faqat dars beriş bilan maşğul. Ya’ni professor-öqituvçilar jamoasining universitet faoliyatiga ta’sir qiladigan qarorlarda iştiroki juda sust yoki yöq.
Qisqa qilib aytganda, hozirda köpçilik xususiy universitetlar oddiy korxonalarga xos bölgan qöl boşqaruvini joriy qilib, minglab talabalar orqali daromad topişga asoslangan biznes holiga kelib qolgan.
Tijoriy maqsadlar bilan sifatli ta’lim muvozanatini ta’minlaydigan professor-öqituvçilar jamoasi esa boşqaruv qarorlaridan deyarli çetlaştirilgan.
Bu esa universitetlarning tom ma’noda ilm va tadqiqot markaziga aylanişlariga tösqinlik qilyapti.
Yeçim qayerda?
Universitetlar endilikda haqiqiy ilm markaziga aylanişlari uçun yakka şaxslarga asoslangan boşqaruvdan tizimlaşgan, jamoaviy boşqaruvga ötişi kerak. Xöş, buni qanday amalga oşiriş mumkin?
Buning uçun universitetlar oddiy korxonalardan farq qilişini tuşuniş lozim.
Birinçidan, korxonalardan farqli ravişda, universitetlar öz mohiyatiga köra olimlar jamoasidan iborat taşkilot hisoblanadi. Ilm maskanlari ölaroq universitetlar, akademik jamoalar keng jamoatçilikka xizmat qilişi kerak. Şu sababli universitet qarorlari asosiy manfaatdor tomonlarning manfaatlari yölida qabul qilinişi kerak.
Ikkinçidan, universitetlar jamiyat oldida javobgar bölgani uçun uning faoliyati samarasi faqatgina daromad bilan emas, balki talabalar muvaffaqiyati, tadqiqotlar va jamiyatga ijobiy ta’siri bilan ölçanişi kerak. Şu örinda aytiş lozim, daromad manbayi faqat talabalarning öqiş tölovidan iborat bölgan universitet moliyaviy jihatdan özini oqlamaydi.
Misol uçun, AQŞdagi kuçli universitetlarning deyarli barçasi notijorat taşkilot bölib, talabalar öqiş tölovidan keladigan mablağ universitet umumiy daromadining atigi 8-10 foizini taşkil qiladi. Bu – ta’lim dargohlarining tarixiy tajribasi, ilmiy an’anasi turli akademik rahbariyat davrida şakllanganini körsatadi.
Bu tajribadan örnak olib, xususiy universitetlarimiz ta’lim sifatini keyingi bosqiçga olib çiqiş va yangi ilmiy an’ana yaratişlari uçun boşqaruvda quyidagi özgarişlarni bosqiçma-bosqiç kiritişlari lozim.
Birinçi navbatda, boşqaruv asosçi-sarmoyador, ma’muriyat va akademik jamoa örtasidagi özaro kelişuvga asoslanişi lozim. Universitet ma’muriyati va professor-öqituvçilar jamoasi asosçilarning universitet taşkil qiliş uçun qilgan sa’y-harakatlarini olqişlaşi lozim. Şu bilan birga, asosçi va/yoki ularning vakillari ham professor-öqituvçilar jamoasining ta’lim sifatini nazorat qiliş borasidagi istaklarini töğri qabul qilişi kerak. Asosçilar öz qadriyatiga ega mustahkam universitet paydo bölişi uçun fikr hurligi, erkin ilmiy muhit va qarorlarda jamoaviylik muhimligini anglab yetişlari lozim.
Maşhur tadbirkorning sözi bilan aytganda, universitet asosçilari öz şaxsiyat va qaraşlarini professional taşkilot sifatida şakllanayotgan universitetning şaxsiyatidan ajratişlari lozim. Şuning uçun ham Harvard yoki MIT kabi universitetlar öz asosçilari bilan emas, balki ularni maşhur qilgan professorlari bilan maqtanadi. Şundan kelib çiqib, asosçilar avvalo qaror qabul qilişda yakka şaxslarga asoslangan boşqaruvdan voz keçib, strategik qarorlarni malakali mutaxassislardan taşkil topgan vasiylik kengaşi orqali jamoaviy tarzda qabul qilişga ötişlari lozim. Vasiylik kengaşi esa tijoriy manfaatlar va ta’lim sifati borasidagi muvozanatni uşlaydigan rektorni tayinlaşi lozim.
Tayinlangan rektor içki boşqaruvda jamoaviy qaror qabul qiliş mexanizmini işlab çiqqan holda, ma’muriy işlarni professional jamoaga erkin qöyib berişi lozim. Universitetga qabul, darsliklar va öqitiş borasidagi barça ilmiy masalalar tölaqonli tarzda ilmiy kengaş va mustaqil faoliyat yuritadigan fakultet boşqaruviga berilişi zarur.
Şuni ta’kidlaş kerakki, fakultetlar va professor-öqituvçilar jamoasiga ta’lim siyosatini şakllantiriş borasida mustaqillik berilmas ekan, universitetlar tom ma’noda ilm dargohi sifatida şakllanmaydi.
Kuçli jamoa nafaqat universitetlar, balki kompaniyalar muvaffaqiyati uçun ham muhim omil ekanini tadqiqotlar ham körsatadi. Jim Kollinz özining “Oddiylikdan buyuklikkaça” nomli maşhur kitobida buyuk kompaniyalarning muvaffaqiyatini tahlil qilar ekan, taşkilotlarni avtobusga, ularning strategiyasini esa avtobus manziliga öxşatadi. Kollinzga köra, buyuklikka erişadigan kompaniyalar rahbarlari “qayer” emas, balki “kim bilan” degan savolni berişadi. Boşqaça aytganda, muvaffaqiyatli universitetlar avvalo öz “avtobusi”da malakali professorlar yiğilganiga işonç hosil qilişadi, keyin manzilni belgilaşadi. Şu sababli ham, kuçli professorlar dunyoga maşhur universitetlar faoliyatining markazida turib, ularning borligi talabalarni jalb qiliş uçun hal qiluvçi omil hisoblanadi.
Xulosa
Özbekistonning xususiy oliy ta’lim bozoriga yangi öyinçilar kirib keldi. Uşbu bozorga kirib kelgan xususiy universitetlar moliyaviy barqarorlikka erişiş bosqiçidan ötib, endilikda tizimli boşqaruv orqali ta’lim sifatini ta’minlaş bilan boğliq muhim bosqiç oldida turişibdi.
Tijoriy maqsad va sifatli ta’lim örtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan boşqaruvni örnata olgan universitetlargina qadriyat va an’analarni şakllantirişlari va haqiqiy ilm maskaniga aylanişlari mumkin.
Bekzod Zokirov,
siyosiy fanlar doktori,
Tokio universiteti bitiruvçisi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi