«Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazett Yevropa Ligasi yarimfinal bosqichining dastlabki o‘yinlari yakuniga ko‘ra haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Sovringa uning jamoadoshi Per-Emerik Obameyang, «Chelsi» yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Chik va «Ayntraxt» darvozaboni Kevin Trapp ham da'vogarlik qilgan edi.
Lyakazett «Valensiya»ga qarshi o‘yinda 2ta gol urdi, jamoasi esa 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.