8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

19:33 / 03.05.2019 11157

Lavrov Toshkentda Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.

"Toshkentga tashrif Rossiya-O‘zbekiston muloqotining ishonchliligi yuqori darajada ekanligini ko‘rsatdi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning joriy yilda Rossiya Federatsiyasiga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidagi ustuvor vazifalarni aniqlashga imkon berdi", - deyiladi Rossiya TIV saytida berilgan xabarda.

Bundan tashqari, vazirlikning qayd etishicha, Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi davomida u Prezident Mirziyoyev qabulida bo‘ldi, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokara o‘tkazdi, Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisiga tayyorgarlik muhokama markazida bo‘ldi.

Top