8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

11:59 / 06.05.2019 2638

O‘simliklar karantiniga doir qoidalarni buzganlik uchun sanksiyalar oshirildi

Foto: ogorod.ua

Karantin e'lon qilingan zararkunandalarga, o‘simliklar kasalliklariga va begona o‘tlarga qarshi kurashish qoidalarini buzganlik, shuningdek karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan o‘tkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Norma’ning yozishicha, 2019 yil 2 maydagi O‘RQ–534-son Qonun bilan tegishli tuzatishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan o‘tkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketish ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganligi uchun oshirilgan jarimalar joriy etildi. Bu holda fuqarolardan 5 EKIHdan 7 EKIHgacha, mansabdor shaxslardan esa 7 EKIHdan 15 EKIHgacha miqdorda jarima undiriladi.

Qonun 3.05.2019 yildan kuchga kirdi.

Top