8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

18:49 / 14.05.2019 3156

Buxoro viloyatida respublika yo‘l-patrul xizmati inspektorlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov boshlandi

Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati

Buxoro viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari o‘rtasida ko‘rik-tanlov boshlandi. Ko‘rik-tanlovga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB YHXBlarining xodimlari jalb etilgan. 

Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati
Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati

Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan holda musobaqa  dasturiga kiritilgan shartlarni bajarishni boshlashdi. Yo‘l harakati qoidalaridan imtihon, me'yoriy hujjatlar bo‘yicha test sinovi, o‘q otish, qo‘l jangi, sport to‘sinida tortilish, 100 va 3000 metrga yugurish, tartibga soluvchining ishoralarini izohi bilan amaliy ko‘rsatish va yakka tartibdagi suhbat kabi turlar har bir xodimning kasbiy va jangovar holati qanday ekanligini ko‘rsatadi. 

Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati
Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati
Foto: IIV YHXBB matbuot xizmati

G‘oliblar to‘g‘risida gapirishga hali erta. Oldinda  jiddiy bellashuvlar, sinovlar turibdi. Musobaqa yakunida ishtirokchilarni Buxoro viloyatining diqqatga sazovor joylari, tarixiy qadamjolariga sayohatga olib borish rejalashtirilgan.

Akmal YuNUSOV,
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB
matbuot xizmati boshlig‘i.

Top